Toshkent shahrining Mustaqillik ko`chasida joylashgan erosti yo`li devorida noyob chiroqlar joylashtirildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda curatlar tarqaldi.
Qayd qilinishicha, mazkur chiroqlarning o`ziga xosligi shundaki, u Toshkentda joylashgan eng e`tiborli va mashhur binolarni tasvirlab turadi. Toshkent teleminorasi, Amir Temur haykali shu kabi Toshkentning diqqatga sazovor binolari chiroqlar yordamida tasvirlangan.
Mazkur jamlanma Mustaqillik ko`chasining Pushkin metro bekati yaqinidagi xalq tilida Salar ko`prigi nomi bilan ataladigan yo`l o`tkazgich ostidagi erosti yo`li devoriga o`rnatilgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq poytaxtda "Lola" ko`rinishidagi ko`cha yoritgichlari, noodatiy o`rindiqlar va piyodalar yo`lakchasi paydo bo`lgani haqida xabar bergan edik.






