Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar xususida brifing o`tkazmoqda. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi.
"Maktab direktori yaxshi tashabbus ko`rsatib, bog` yarasa, qo`shimcha daromad topsa, foydadan maktabga ishlatmoqchi bo`lsa, buning uchun o`sha hududdagi xalq ta`limi bo`limidan so`rash kerak ekan. O`sha rahbar bilan munosabat yaxshi bo`lsa yaxshi. Aksincha bo`lsa direktor baloga qoladi. Bunday narsalarga butunlay barham beriladi", — dedi Xalq ta`limi vaziri.






