AsosiyJamiyat

Biometrik pasport olish muddati tugashiga 4 kun qoldi

'Biometrik pasport olish muddati tugashiga 4 kun qoldi'ning rasmi

Mamlakatimizda fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun belgilangan oxirgi muddat tugashiga 4 kun qoldi, deb O`zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasidagi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlarida dam olish kunlarisiz ish tartibi joriy etilgan.

Mahallalarda aholi o`rtasida targ`ibot tadbirlari o`tkazilib, iyun oyiga qadar aksariyat fuqarolarning eski turdagi pasportini biometrik pasportga almashtirildi.

Fuqarolarga birinchi navbatda rasmga tushish va biometrik ma`lumotlarni topshirish uchun o`zlariga qulay vaqtga qarab, aniq sanasi va vaqti ko`rsatilgan navbat taloni berilmoqda. Bu esa odamlar ortiqcha vaqt yo`qotishining oldini olishga xizmat qiladi. Keksa va nogironligi bo`lgan fuqarolar xonadoniga borilib, zarur ma`lumotlar o`sha joyning o`zida olinmoqda. Ayni jarayon uchun davlat bojini qabul qiluvchi bank shoxobchasida ham dam olish kunisiz ish tartibi joriy etilgan.

    Boshqa yangiliklar