Ayni daqiqalarda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar xususida brifing o`tkazmoqda, deb xabar berdi "Xalq so`zi" nashri.
"Xalq ta`limi tizimida uchta tamoyilga tayanib, ish tutamiz: sifat, adolat, shaffoflik. Tizimda ko`plab muammolar yig`ilib qolgan. Yurtdoshlarimizdan uch kunda uch mingdan ortiq takliflar bildirilgani ham sohaning ahvolini ko`rsatib turibdi. Jamiyatda o`qituvchining nufuzini ko`tarishimiz shart.
Bolaligimda o`qituvchiga salbiy fikr bildirgan ota onani eslolmayman. Hozir esa afsuski, buning aksi. Farzandi past baho olsa yoki tanbeh eshitgan bo`lsa, o`qituvchi yomon bo`lib qolyapti. Jamiyatda o`qituvchining obro`si oshsa, bunday jamiyat boydir. Agar o`qimaganning obro`si, darajasi o`qigannikidan baland bo`lsa, bu fojiamiz. Prezidentimiz bizga, vazirlikka katta imkoniyat beraman, dedilar. Bu ishonchni oqlash uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak", - dedi Xalq ta`limi vaziri.






