AsosiyJamiyat

Po`lat Bobojonov: "Bundan keyin ko`zbo`yamachiliklarga barham beriladi"

'Po`lat Bobojonov: "Bundan keyin ko`zbo`yamachiliklarga barham beriladi"'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi san`at saroyida Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, xususan, yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni aniqlash, reabilitasiya qilish, ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va ularning bandligini ta`minlash borasidagi ishlar ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tashkil etilgan kengaytirilgan yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda «O`zA» xabar berdi.

Yig`ilishda Ichki ishlar vaziri, general-mayor P.Bobojonov tilga olingan muammolarni hal etish borasida taklif va ko`rsatmalarini aytib, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar oldida turgan dolzarb vazifalarni sanab o`tdi:

"Besh oy mobaynida yashash joyiga ega bo`lmagan, ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga muhtoj 5246 nafar shaxs reablitasiya markazlariga joylashtirilgan bo`lsa, ularning qariyb 1700 nafari muqaddam sudlangan shaxslardir. 2180 nafarini sog`lom turmush tarzini butunlay yo`qotgan, ichkilikbozlikka mukkasidan ketganlar tashkil etadi. 111 nafari esa – qariligi va nogironligi bois mehnatga yaroqsiz kishilar. Afsuslanarli jihati shundaki, ular bilan ishlashda, ish, yashash joyi bilan ta`minlash, ijtimoiy-qo`llab quvvatlashda ishlar nomiga, ko`r-ko`rona olib borilganidir. Buni o`tgan vaqt mobaynida reabilitasiya markazlariga olib borilgan shaxslarning faqat 20 nafari davolash muassasalariga joylashtirilgani, qolgani o`z holiga tashlab qo`yilganida ham ko`rish mumkin. Bundan keyin bu kabi ko`zbo`yamachiliklarga barham beriladi. Reabilitasiya markaziga kelgan shaxsning sog`lig`ida muammo bo`lsa, davolashga yotqiziladi, ishga muhtoj bo`lsa, bandligi ta`minlanadi. Viloyatlardan kelgan yashash joyiga ega bo`lmagan shaxslarni esa viloyatlarga qaytarib yuborish bilan cheklanilmaydi. Joylardagi mutasaddilar ularning yashash joyini, bandligini qattiq nazoratga oladi".

    Boshqa yangiliklar