O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Respublika patoanatom markazi direktori, O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdullaxo`jaeva Malika Samatovna 86 yoshida vafot etdi.
Abdullaxo`jaeva Malika Samatovna — Respublika patologanatomik markazi direktori, O`zbekiston Qahramoni, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professori hisoblanadi.
Malika Samatovna 28 noyabr 1932 yil Moskvada Sharq Xalqlari xalqaro universiteti talabalari oilasida tug`ilgan. Toshkentdagi 110-o`rta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1950 yil Toshkent davlat tibbiyot institutining (ToshDTI) davolash fakultetiga o`qishga kiradi. O`qish davrida davlat stipendiati, ilmiy jamoa talabalari raisi bo`ldi.
Talabalik yillaridayoq Malika Samatovna patologik anatomiya qoshida (1953-1956 yillarda) ilmiy to`garakda ilmiy faoliyatini boshlaydi. Uning birinchi ishi professor G.N.Trexova rahbarligida bolalarning o`pka kasalligida orqa yadro vagusini gistokimyo bo`yicha ishi Sog`liqni saqlash vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan faxriy yorliq taqdim etilgan.
So`nggi yillarda Malika Samatovna Markaziy asab tizimini reaktiv va patologik jarayonlarni o`rganish bo`yicha ishini davom ettirdi. 1956 yil ToshDTI a`lo baholarga tamomlagach, Malika Samatovna 1960 yil 27 dekabrda SSSR tibbiyot fanlari Akademiyasining bosh miya instituti aspiranturasiga o`qishga kirdi.
SSSR Tibbiyot fanlar akademiyasi mediko-biologiya bo`limida tibbiyot fanlar nomzodi dissertasiyasini yoqladi va 1968 yil tibbiyot fanlari doktori bo`ldi. 1961 yil Malika Samatovna Toshkent davlat tibbiyot instituti qoshida birinchi marta O`zbekiston Respublikasida Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasini tashkil etdi.
1969 yil Malika Samatovna patologik-anatomiya kafedrasida tanlov o`tkazildi, 1970 yil professor unvoniga sazovor bo`ladi va uning shogirdlari neyropatologiya va neyromorfologiya muammolari bo`yicha dastur ishlab chiqishadi.
Professor M.S.Abdullaxo`jaeva klinik immunopatologiya va eksperimental sohasi bo`yicha tanilgan olima sanaladi. Uning yana bir yo`nalish tadqiqoti va shogirdlari bilan — homiladorlikda patologik anatomiyani asoratlari va patogenezni o`rganish bo`lgan.
35 yil mobaynida Malika Samatovna tibbiyot institutining patologik anatomiya kafedrasi mudiri bo`lgan vaqtida yuqori malakali shifokorlarni, tibbiyot sohasida oliy o`quv yurti pedagoglari, tibbiyot fanlari doktorlarini tayyorlashda katta hissa qo`shdi. 1990 yili Birinchi va Ikkinchi ToshDTI ajratilgandan so`ng olima Ikkinchi ToshDTI patologik anatomiyasi kafedrasini 2000 yilgacha boshqardi.
M.S. Abdullaxo`jaeva — muallif, bundan tashqari chet tili talabalari va stomatologiya fakulteti talabalariga bir qancha uslubiy tavsiyalar, o`quv-qo`llanma muallifidir. 1997-1999 yillarda tibbiyot oliy o`quv yurtlarida “Odamning patologik asoslari” 2-jildlik darsligini yaratdi. 1995 yil M.S.Abdullaxo`jaeva O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir a`zosi, 2000 yil haqiqiy a`zosi bo`ldi. 1972 yildan-1997 yilgacha O`zbekiston Respublikasi Sog`liq saqlash borasida bosh patologik anatomigi sifatida patologik anatomiyani rivojlanishida katta hissa qo`shdi. Ilk marta patologik anatomiyasi internatura bo`limi tashkil etildi, barcha davolash-profilaktik muassasalarida patologik-anatomiya bo`limi ochildi.
Bugungi kunda uning tashabbusi bilan MDH mamalakatlarida yagona bo`lgan Respublika patologanatomiya markazi tashkil etildi. Uning bazasida barcha tibbiyot mutaxassisliklari magistrlari ta`lim olishmoqda, shiforlik amaliyoti tajribasi o`tkaziladi, bundan tashqari 5 ta bo`lim: patogistologiya, bakteriologiya, virusologiya, sitologiya laboratoriyalari ishlab turibdi. RPM laboratoriyasi, elektron mikroskopiya, tibbiyot va molekulyar genetika, shuningdek, biotexnologiya hujayralari laboratoriyasi tashkil etildi.
ToshTI Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasi mudiri (1960 — 62), O`zbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tekshirish instituti patomorfologiya va gistoximiya laborotoriya mudiri (1963-69), ToshTI (1969-1990), 1990 yildan 2-ToshTI patologik anatomiya kafedrasi mudiri.
Abdullaxo`jaevaning ilmiy ishlari, asosan nerv sistemasining immunopatologiyasi, geografik patologiya va tibbiyot tarixi masalalariga bag`ishlangan, O`zbekistonda tibbiyot sohasidagi yangi yo`nalish — transplantasiya immunopatologiya asoschisi.
O`zbek va rus tillarida chop etilgan birinchi patologik anatomiya darsligining (1997) muallifi. Kaliforniya shtatining faxriy fuqarosi (1986 yildan).
M.S.Abdullaxo`jaeva rahbarligida 2005 yil Human Herpes virusining 8-tipini va Epshteyn-Barr virusining rivojlanish turlarini o`rganish bo`yicha ish boshladi.
Akademik M.S. Abdullaxo`jaeva - katta ilmiy-pedagogik va patologik anatomiya amaliyot maktabi asoschisi: uning rahbarligi qo`l ostida 13 ta tibbiyot fan doktori, va 58 ta tibbiyot fanlari nomzodi etishib chiqqan. Shogirdlari bugungi kunda O`zbekistonning yirik tibbiyot markazlarida emas, balki bir qator Markaziy Osiyo regionlarida, shuningdek, Rossiya, Isroil, Hindiston, Yaman, Misr, Nepal, AQSh davlatlarida faoliyat yuritishadi.
M.S. Abdullaxo`jaeva bir qancha davlat mukofotlariga ega: “Mehnat faxriysi” ordeni (1970), «Faxriy nishon» ordeni(1976), pochetnm zvaniem «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni (1980), «Mehnat Qahramoni» ordeni(1984), «Oliy ta`lim a`lochisi» (2000), «Mehnat shuhrati» (2003). 2006 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan M.S.Abdullaxo`jaeva «O`zbekiston Qahramoni» va “Oltin Yulduz” unvoni bilan taqdirlandi.






