AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda avtomobil kanalga tushib ketdi, 3 kishi halok bo`ldi

'Qashqadaryoda avtomobil kanalga tushib ketdi, 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 24 iyun kuni Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida yashagan F.N. o`zining “VAZ-2101” rusumli avtomashinani Mirzatup MFY Mirzatup qishlog`i hududida kichik tuproq yo`lida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay shu erdan oqib o`tuvchi “Eski Anhor” kanaliga sirpanib tushib ketgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada haydovchi F.N. va uning yo`lovchilari, birga yashagan turmush o`rtog`i G.X. ismli ayol, Chiroqchi tumani “Mirzatup” MFY yashagan L.X. ismli ayol voqea joyida halok bo`lgan hamda yana bir yo`lovchisi L.X. ismli ayolning birga yashovchi turmush o`rtog`i S.X. avtomashina eshiklarini ochib suvdan chiqib olgan.

    Boshqa yangiliklar