Bugun, 26 iyun kuni poytaxtimizdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida Toshkent shahar imomlarining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi O`MI Matbuot xizmati.
Ushbu majlisda qator muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rildi. Unga ko`ra, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari shayx Abdulaziz Mansur hazratlari diniy idora raisi o`rinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, o`z navbatida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.






