Endilikda “chiroyli” raqamlar kamida 5 ish kuni muddatga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo`yiladi.
Hukumatning 2018 yil 25 iyundagi qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to`lov stavkalari bo`yicha berishda “O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Endilikda “chiroyli” raqamlar kamida 5 ish kuni muddatga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo`yiladi.
Bundan tashqari “chiroyli” raqamlarning boshlang`ich narxlari va toifalari ham o`zgardi.
Xususan, 002, 003, 004, 005, 006, 008, 009 raqamlar kombinasiyasi 2 toifaga o`tkazildi.
2 toifa raqamlarining boshlang`ich narxi agar ular har xil kombinasiyadagi harflar bilan bo`lsa, eng kam ish haqining 40 baravari (ilgari 70 baravar) etib belgilandi.
Ayrim raqamlar kombinasiyasi (100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900) ro`yxatdan chiqarildi.






