O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov jahon chempionatlaridagi o`yinlarni boshqarish bo`yicha rekordni yangilashda davom etadi.
Hakamimiz va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar Rossiyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionatidan o`rin olgan Argentina – Xorvatiya uchrashuvini boshqarganidan xabaringiz bor.
Ravshan Ermatov va uning jamoasi endilikda Ispaniya – Marokash uchrashuviga tayinlanishdi.
Uchrashuv 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Ushbu o`yin Ravshan Ermatov uchun mundiallardagi 11-o`yin sifatida tarixga kiradi.






