AsosiyJamiyat

Norinda "Obod qishloq" dasturi doirasida media-tur tashkil etildi

'Norinda "Obod qishloq" dasturi doirasida media-tur tashkil etildi'ning rasmi

Namangan viloyatida O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan media-tur tadbiri boshlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Ma`lumki, viloyatning Norin tumanida “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda “Obod qishloq” loyihasi doirasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Ushbu media-tur Norinda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli bunyodkorlik ishlarini mamlakat miqyosida targ`ib qilish orqali tengdoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, el-yurt ishiga daxldorlik tuyg`ularini mustahkamlash va shunday ishlarning faol ishtirokchisi bo`lishga rag`bat uyg`otishdir, – deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yoshlar media markazi bosh prodyuseri, guruh rahbari Dilshod Mamaturdiev. – Shu maqsadda O`zbekiston teleradiokompaniyasi, markaziy gazeta va jurnallar, internet jurnalistikasida faoliyat yuritayotgan 30 dan ziyod jurnalistlar ishtirok etmoqda.

22.jpg

Tadbirning birinchi kunida jurnalistlar Namangan viloyati teleradiokomaniyasi faoliyati, u erda soha xodimlarining davr talabiga hamqadam ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Ishtirokchilar Namangan yoshlar markazi qoshida faoliyat ko`rsatayotgan turli to`garak va seksiyalar, kutubxona faoliyati bilan tanishib, markazning faol yoshlari bilan muloqotda bo`ldi. Bu maskanda o`tkazilgan davra suhbatida tajribali jurnalistlar kelajakda shu sohada ishlashni orzu qilayotgan yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

16.jpg

Tadbirning birinchi kuni To`raqo`rg`on tumanidagi Ishoqxon to`ra Ibrat majmuasiga sayohat bilan yakunlandi. Ishtirokchilar Norin tumanida bir qator ijtimoiy aksiyalarda qatnashib, “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishadi.

    Boshqa yangiliklar