AsosiyJamiyat

Tizimga ajratilayotgan mablag`larning to`g`ridan-to`g`ri, manzilli etib borishi yo`lga qo`yiladi

'Tizimga ajratilayotgan mablag`larning to`g`ridan-to`g`ri, manzilli etib borishi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Bugungi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan xalq ta`limi tizimini tubdan o`zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo`yilgan vazifalar ijrosiga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishda Bosh vazir A.Aripov ta`lim sohasida maqsadsiz mablag` sarflash bartaraf etilishi alohida ta`kidlab o`tdi.

"Xalq ta`limi tizimiga malakali mutaxassislar jalb etiladi. Shu maqsadga qaratilgan Prezident qarori qabul qilinadi. Tizimga ajratilayotgan mablag`larning to`g`ridan-to`g`ri, manzilli etib borishi yo`lga qo`yiladi.

Tizimga taalluqli mablag`lar Xalq ta`limi vazirligi tomonidan taqsimlanadi. Sohada maqsadsiz mablag` sarflash bartaraf etiladi.

Ta`lim tizimini, xususan, Xalq ta`limi vazirligini har tomonlama qo`llab-quvvatlash barcha rahbarlarning muhim vazifalaridan biriga aylanadi", - dedi Bosh vazir.

    Boshqa yangiliklar