AsosiyDunyo

Mexikodagi supermarket tagida ibodatxona borligi ma`lum bo`ldi

'Mexikodagi supermarket tagida ibodatxona borligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Meksikalik arxeologlar poytaxt Mexiko shahrida qadimiy ibodatxona borligini aniqlashgan, deya xabar berdi Rambler nashri.

Mexikoning shimoliy qismida tarixiy markaz ostida qadimiy ibodatxona borligi ma`lum bo`ldi. U qadimiy Astek qabilasining eng asosiy ibodat joyi hisoblangan. Taxminlarga ko`ra, topilmaning yoshi taxminan 600 da. 360 metr kvadrat maydondan olib borilgan izlanishlar davomida ibodatxonaning ko`plab qoldiqlari topilmoqda.

Hozirda mazkur hududda ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda. Shu bilan birga, bu joy ko`rgazma sifatida uni ko`rishni istaganlar uchun ham ochiqdir. 2014 yilda bu joy ustida supermarket barpo etilgan. Uning buzilishidan keyingina ibodatxona haqida xabar topish imkoni paydo bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar