Poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri va Markaziy bank binosi atrofidagi yo`laklarga o`zgacha ko`rinishdagi o`rindiqlar o`rnatildi. Facebook'dagi X-Places (Tashkent) guruhida bu haqda fotoxabar qoldirildi.
O`rindiqlar halqasimon shaklda bo`lib, qizil, yashil, sariq va ko`k ranglarda ishlangan. Qorong`uda o`rindiqlarga o`rnatilgan chiroqlar yonadi.











