19 iyun kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashagan I.I. va Romiton tumanida yashagan O.M.lar Xupkalak qishlog`idan oqib o`tuvchi zovurda cho`milayotganlarida ehtiyotsizliklari oqibatida suvga cho`kib ketganlar.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, jasadlar suvdan topilib olingan.
"Hurmatli fuqarolar, turli hil cho`milish joylariga boradigan bo`lsangiz, xavfsizlik choralarini ko`ring. O`zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo`lmang. Yosh bolalaringizni cho`milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang", - deyilgan IIV xabarida.






