AsosiyJamiyat

​Andijon shahrida velosipedchilar uchun yo`laklar tashkil etiladi (foto)

'​Andijon shahrida velosipedchilar uchun yo`laklar tashkil etiladi (foto)'ning rasmi

Andijon shahrida 425 ming aholi istiqomat qiladi. Qariyib 40 mingga yaqin avtotransport vositalari mavjud. Viloyat miqyosida esa 187 mingta avtoulov bor. Qatnovning ko`pligi, artof-muhit musaffoligini saqlash masalalasi piyoda yoki ekologik toza transport vositasida harakatlanishni keng targ`ib qilishni taqozo etadi.

Andijon shahrida velosipedchilar uchun yo`laklar tashkil etiladi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yusuf Otabekov ko`chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish asnosidagi yig`ilishda bayon etdi.


Shularni nazarda tutib Andijon shahridagi 7 ta markaziy ko`chalarda velosipedchilar uchun umumiy 28,6 kmuzunlikdagi yo`lakchalar tashkil qilinadi. Bir tomonlama yo`lakchalarning eni 2,25 metr, ikki tomonlamala yo`lakchalarniki 3,25 metr bo`lishi ko`zda tutilgan.

Markaziy ko`chalardagi tirbandliklarni hisobga olsak, endi velosipedda manzilga tezroq etib borish mumkin. Misol uchun Xitoyda deyarli 70 foiz aholi velosipeddan foydalanadi.

    Boshqa yangiliklar