O`zbekiston Milliy axborot agentligi hamda “O`zbekiston 24” radiosining qo`shma loyihasi doirasida yagona maktab formalari bilan bog`liq savollarga mutasaddilar javob berdi.
Mutaxasislarning ta`kidlashicha, tajriba-sinov o`tkazilgan maktablardan o`quvchilar, sinf rahbarlari va ota-onalarning fikr-mulohazalari bildirilgan so`rovnomalar, ijtimoiy tarmoqlardagi taklif va tavsiyalar yig`ib olindi.
Hozirda “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi xodimlari, dizaynerlar, libos ustalari va Xalq ta`limi vazirligi mutaxassislari takliflarni o`rganmoqda. Yaqin vaqtlarda ular maktab formasini yaratish yuzasidan o`z xulosalarini taqdim etadi va yuqoridagi maktab formalari namunalarining yaxshi jihatlari o`zlashtirilgan holda boshlang`ich, o`rta va yuqori sinf o`quvchilari uchun yosh xususiyatlari inobatga olingan holda, tanlash imkoniyatini beruvchi ko`p variantli maktab formalari yaratiladi.






