Jahon chempionatida yaponiyalik va senegallik futbol muxlislari o`z terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar yakunlangach, stadionlarni tozalashdi. Ular barcha chiqindilarni yig`ib, maxsus paketlarga solishgan.
Bunga guvoh bo`lgan muxlislar Twitterda ushbu videolavhani joylashtirishgan. Shuningdek, "Yaponiya va senegallik futbol muxlislarining xulq-atvori bizni haytratda qoldirdi, - deb yozmoqda.
Ma`lumot uchun, Kecha JCh-2018 ning 1-turi doirasidagi Saranskda bo`lib o`tgan Yaponiya – Kolumbiya o`yinida Yaponiya 2:1 hisobida g`alaba qozondi.
Xuddi shunday holat Moskvadagi “Spartak” stadionida Senegal va Polsha jamoasi o`yinidan keyin ham kuzatilgan. Senegallik muxlislar terma jamoa g`alabasidan so`ng o`zlari o`tirgan sektorni chiqindilardan tozalab ketishgan.






