AsosiyJamiyat

Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko`chib o`tmoqda

'Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko`chib o`tmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yangi binoga ko`chib o`tmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi.

"Tashqi ishlar vazirligining boshqa binoga ko`chib o`tishi munosabati bilan TIVning internetdagi rasmiy manbalari (veb-sahifa, «Facebook»dagi sahifa, «YouTube»dagi kanal)da uzilishlar bo`lishi mumkin. To`g`ri tushunishingizga umid qilamiz», - deyiladi vazirlik bayonotida.

Ma`lumot uchun, Tashqi ishlar vazirligi Islom Karimov ko`chasi 9-uy manzilida joylashgan edi. Hozircha vazirlik aynan qaysi binoga ko`chirilayotgani borasida ma`lumotlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar