AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev Toshkent shahri byudjet tushumini ma`lum qildi

'Jahongir Ortiqxo`jaev Toshkent shahri byudjet tushumini ma`lum qildi'ning rasmi

18 iyun kuni Toshkent shahrining Botanika bog`ida tashkillashtirilgan “Top-500” tadbirkorlar hamjamiyati forumida Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo`jaev ma`ruza qildi. Bu hokimning tadbirkorlar va jurnalistlar ishtirokida anjuman doirasida ilk ma`ruza qilishi edi.

“Bugungi forumdan maqsad nima? Maqsad – bugungi kunda Toshkent shahar rahbariyatining ishini butunlay yangicha olib borilayotganini namoyish etish. Tuzayotgan yangi rejalarimizda biznes “Top-500” hamjamiyati bilan hamkorlikni mustahkamlash ham turibdi. Ayniqsa, Toshkentni Markaziy Osiyoning eng rivojlangan megapolisiga aylantirishda bu hamkorligimiz yaqqol namoyon bo`ladi”, - dedi Jahongir Ortiqxo`jaev.

Hokim o`z rejalarini taqdim etish bilan birga Toshkent shahri byudjeti tushumi miqdorini va shaharning umumiy salohiyatiga oid statistik ma`lumotlarni ham e`lon qildi. Unga ko`ra:

- Toshkent shahri byudjeti yiliga 11.5 trillion so`m tushumga ega.

- Poytaxtda 39 ta Oliy o`quv yurtlari mavjud va ularda 115 ming talaba tahsil olmoqda.

- 3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.

- Shaharning kichik va o`rta bizneslarining umumiy soni 65 mingta.

- Poytaxt 335 ming kvadrat kilometrga kengaytirilishi kutilmoqda.

Kechagi forumda Jahongir Ortiqxo`jaev ushbu axborotlar bilan birga, shahar boshqaruvidagi kamchiliklarni ham birma-bir sanab o`tdi, deb yozmoqda O`zA.

    Boshqa yangiliklar