AsosiyDunyo

Niderlandiyada o`tkazilayotgan musiqa festivalida mikroavtobus odamlarni bosib ketdi

'Niderlandiyada o`tkazilayotgan musiqa festivalida  mikroavtobus odamlarni bosib ketdi'ning rasmi

Yakshanbadan dushanbaga o`tar kechasi Niderlandiyada o`tkazilayotgan Pinkpop musiqa festivalida mikroavtobus bir to`da piyodani bosib ketdi, deb xabar berdi "Rossiya 24" nashri.

YTH oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo`lgan, uch kishi jabrlangan. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, haydovchi voqea joyidan qochib ketgan. Ayni vaqtda uni qo`lga olish ishlari olib borilmoqda. Hodisa yuz bergan joyga tibbiyot vertolyoti yuborilgan. Pinkpop musiqa festivali har yili Niderlandiyaning janubi-sharqiy qismidagi Langraaf shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar