AsosiyJamiyat

Samarqanddagi nonvoyxonada portlash yuz berdi

'Samarqanddagi nonvoyxonada portlash yuz berdi'ning rasmi

Samarqand tumanining «O`zbekkenti» mahallasida joylashgan maishiy xizmat ko`rsatish binosi oldida o`rnatilgan gaz taqsimlash qutisining er ostidan o`tgan quvuridan tabiiy gaz sizib chiqib, binoning erto`lasida to`planib qoladi.

Buning oqibatida binoda joylashgan nonvoyxona ishchisi, mazkur mahallasida yashovchi J.R. elektr chirog`ini yoqqan vaqtida gaz va havo aralashmasidan portlash sodir bo`lib, yong`in kelib chiqdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yong`in natijasida nonvoyxonada ishlovchi J.R. va Urgut tumanida yashovchi X.D. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar