AsosiySport

JCh-2018. Ronalduning xet-trigi ispanlarni g`alabadan mahrum qildi

'JCh-2018. Ronalduning xet-trigi ispanlarni g`alabadan mahrum qildi'ning rasmi

JCh-2018 “V” guruhidan o`rin olgan ikkinchi uchrashuvda Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o`zaro hisob-kitob qilishdi, deb xabar berdi Olamsport nashri.

Uchrashuvda ikki bor hisobda ortda borishiga qaramay ispanlar iroda kuchini ko`rsatib, uch bora raqib darvozasiga gol urib g`alaba qozonishga yaqin edilar. Ammo portugaliyaliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu bunga rozi bo`lmaydi.

O`yin tugashiga ikki daqiqa qolganda uning jarimadan yo`llagan ajoyib zarbasi De Xea qo`riqlayotgan darvoza to`riga borib tushdi -3:3. Dramatik bahs va jangovar durang.

Portugaliya – Ispaniya 3:3 (2:1, 1:2)

Gollar: 1:0 – 4, penalti Ronaldu, 1:1 – 24 Diego Kosta, 2:1 – 44 Ronaldu, 2:2 – 55 Diego Kosta, 2:3 – 58 Nacho, 3:3 – 88 Ronaldu.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Vilyam Karvalyu, Moutinyu, Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 80), Bernardu Silva (Kuarejma, 69), Brunu Fernandesh (Joau Mariu, 68), Ronaldu.

Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Nacho, Ramos, Buskets, Koke, Isko, Silva (Vaskes, 86), Inesta (Alkantara, 70), Diego Kosta (Aspas, 77).

Ogohlantirish:Buskets (17), Brunu Fernandesh (28).

Boshqa yangiliklar