12 avgust kuni mashhur Gollivud aktyori Robin Uilyamsning Koliforniyadagi uyida jasadi topilgani haqida xabar bergandik. Polisiya bergan ma`lumotlarga ko`ra, aktyor o`z joniga qasd qilgan.
Aktyor o`limiga qadar hali taqdim etilmagan to`rtta filmda suratga tushishga ulgurdi.
“Muzeydagi tun:Qabr siri” filmida Robin Uilyams AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt haykali rolini ijro etgan. Filmni suratga olish ishlari may oyida yakunlangan. Kartina premerasi 2014 yilning dekabr oyida o`tkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, u “Eh bu rojdestvo mo`jizasi”, “Xiyobon” filmlarida ham suratga tushdi.
“Barchasi sen istagandek” filmida Uilyams it obraziga ovoz berdi. Ushbu film taqdimoti 2015 yil bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.




Uilyams (1998 yil) "Oskar" va besh marotaba "Oltin globus" mukofoti sovrindoridir. Aktyor “Avgust Rash”, “Ikki yuz yoshli odam”, “Orzular qaerga olib boradi”, “Jumanji”, “Aqlli Uill Xanting” filmlaridagi rollari bilan mashhur bo`lgan. Umumiy hisobda Robin Uilyams 300 ga yaqin kinokartinada suratga tushgan.
Hozirda aktyorning muxlislari uning uyini gullarga to`ldirishmoqda.












