Mirzo Ulug`bek nomidagi (oldingi Telman bog`i) markaziy bog` ma`muriyati qayta rekonstruksiyadan keyin ochilishi haqida ma`lum qildi. Ochilish marosimi bayram kuni 15 iyun sota 11:00 da bo`lib o`tadi.
Bog` ikki qismga bo`lingan, birida tinch, sokin dam olish mumkin, ikkinchi qismida esa xorijda ishlab chiqarilgan yangi, zamonaviy attraksionlar o`rnatilgan.
"Bog`ga kirish bepul, attraksionlarning narxi 4 mingdan - 12 ming so`mgacha", - deyilgan ma`muriyat xabarnomasida.
Eslatib o`tamiz, avvalroq bog`ga haqiqiy fransuz charxpalagi o`rnatilgani haqida xabar bergan edik.






















