AsosiyJamiyat

Videokonferenssud tufayli qariyb bir milliard so`m tejaldi

'Videokonferenssud tufayli qariyb bir milliard so`m tejaldi'ning rasmi

Mamlakatimiz iqtisodiy sudlari tomonidan joriy yilning besh oy mobaynida 241 ming 490 ish ko`rib chiqilib, hal etildi. Ko`rilgan ishlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 75 ming 133 taga ko`p bo`ldi.

Oliy sud matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, taraflarga qulayliklar yaratish hamda sud ta`sirchanligini oshirish maqsadida ishlarning salmoqli qismi, ya`ni 66 foizdan ortig`i bevosita joylarda, ya`ni sayyor sud majlislarida ko`rib chiqilgan, deb yozmoqda O`zA.

Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan ishlarning 1 615 tasi videokonferensaloqa rejimida ko`rib chiqildi. Natijada taraflarning qariyb bir milliard so`m mablag`i tejalgan.

Iqtisodiy sudlarda ko`rilgan ishlarning asosiy qismini oldi-sotdi, mahsulot etkazib berish, kontraktasiya, ijara va pudrat shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar bo`yicha ishlar tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar