AsosiyDunyo

Turkiyada ikki boshli delfin topildi

Turkiyaning Izmir shahridagi dengiz bo`yida ikki boshli delfinning o`ligi topildi. Uni mahalliy aholi vakili, jismoniy tarbiya o`qituvchisi Tugrul Metin ko`rib qolgan va zudlik bilan polisiyaga xabar bergan, deb yozadi 24smi.org nashri.
 
- “Avvaliga uzoqda rangi odatdagidan biroz boshqacha delfinga ko`zim tushdi. Razm solib qarasam, uning boshi ikkita bo`lib ko`rindi. Ochig`i, uni ko`rib balki ko`zimga shunday ko`ringandir, deb ham o`yladim. Delfinni kuzatish uchun orolda bir muddat qoldim. Delfin asta-sekin orol tomonga yaqinlashdi, birozdan keyin esa to`lqinlar uni orolga surib keldi. Yoniga borganimda u jonsiz edi, umrimda bunaqasini ko`rmaganman” - deydi Tugrul Metin.
 
Polisiyaga berilgan xabardan so`ng orolga soha mutaxassislari etib kelishgan va delfinni ekspertizaga olib ketishgan.
Aniqlanishicha, delfin tanasidagi nafas olish sistemasidan boshqa hamma organlar yaxshi rivojlangan. U nafasni faqat bitta boshdagi miya va nafas yo`li orqali olgan. Shu sababli ham delfin nafas etishmasligi oqibatida xalok bo`lgan bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar