AsosiyJamiyat

“Qoraqalpog`iston Respublikasiga investisiya kiriting”

'“Qoraqalpog`iston Respublikasiga investisiya kiriting”'ning rasmi

O`zbekistonda investorlar uchun “Qoraqalpog`iston Respublikasiga investisiya kiriting” qo`llanmasi chop etildi. Ushbu Qo`llanma investorlar uchun Qoraqalpog`istondagi investisiya imkoniyatlari xaqida va eng yangi ma`lumotlar bilan boyitilgan noyob manba hisoblanadi.

Ko`p yillar davomida Qoraqalpog`iston Respublikasiga Orol dengizining ekologik inqirozi ro`y bergan joy sifatida qaralgan edi. Ammo juda kamdan kam kishilar ushbu mintaqa istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun katta salohiyatga ega bo`lgan joy ekanligini bilishadi.

Mineral va uglevodorodli xom ashyo zahirasi, tog`-kon, qishloq xo`jaligi, farmasevtika, oziq-ovqat va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishning foydali imkoniyatlari, Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston bozorlariga chiqishning eng yaqin yo`l mavjudligi ushbu mintaqaning afzallik taraflarining bir qismi xolos.

Investorlar uchun yaratilgan “Ochiq eshiklar” siyosati orqali ko`plab bojxona, soliq va bank imtiyozlariga ega bo`lish xuquqi beriladi.

“Qoraqalpog`iston Respublikasiga investisiya” qo`llanmasi investorlar e`tiborini investisiya uchun ustuvor bo`lgan sohalarga urg`u berib, mintaqaning betakror imkoniyatlar manbasi sifatida ochib beradi. Unda biznes loyihasini boshlash uchun zarur bo`lgan statistika, tavsiflovchi va aloqa ma`lumotlarini batafsil ravishda umumlashtiradi.

Ushbu qo`llanmani nashr etish – bu xususiy sektor e`tiborini Qoraqalpog`istonda biznesini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar mavjudligiga qaratish, ish o`rinlarini yaratish, va oxir-oqibatda mahalliy aholi turmush darajasini oshirish demakdir.

Ushbu qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi mansabdor shaxslari bilan hamkorlikda O`zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan tayyorlangan.

Ayni paytda ushbu qo`llanma ingliz va rus tillarida havola etiladi.

    Boshqa yangiliklar