AsosiyJamiyat

“Top -500” Toshkentni Markaziy Osiyodagi eng zo`r shaharga aylantira oladimi?

'“Top -500” Toshkentni Markaziy Osiyodagi eng zo`r shaharga aylantira oladimi?'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi va hokimlik huzuridagi yangi tashkil etilgan “Jamoatchilik kengashi” tomonidan tadbirkorlarning “Top-500” forumi tashkil etiladi. Forumning maqsadi Toshkent shahar hokimligi investorlar va tadbirkorlar o`rtasidagi o`zaro ishonchli, manfaatli va amaliy muloqot o`rnatish va uni rivojlantirishdir.

O`zA xabariga ko`ra, “Top - 500” hamjamiyatining maqsadi esa Toshkentni Markaziy Osiyodagi eng go`zal va nufuzli shaharga aylantirishdir.

Shu yilning 18 iyun kuni “Top-500” hamjamiyatining Forumi o`tkaziladi. Unda Toshkent shahar hokimi v.b Jahongir Ortiqxo`jaev SWOT (kuchli taraflar, kamchiliklar, imkoniyatlar va xavflar) bo`yicha tahliliy ma`ruza qiladi. Ushbu tadbir Toshkentning botanika bog`ida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mazkur anjumanda O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchixonalar vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar