AsosiyDunyo

Ukrainada qulagan Boeing yo`lovchilari yaqinlariga tovon puli to`lanadi

Ukrainaning Donesk viloyatida qulagan Malaysia Airlines aviakompaniyasi layneri yo`lovchilarining yaqinlari 50 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli olishadi.  Bu haqda Dutch News xabar beradi.

Xabarda yozilishicha,  8 avgustga kelib, ekspertlar halokat qurbonlaridan 23 nafarining shaxsini aniqlashgan. 

Ukraina hududida qulagan Malayziya layneri urib tushirilgan bo`lishi mumkin, deb hisoblanmoqda.

Amsterdam-Kuala-Lumpur reysi bo`yicha uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 17 iyul kuni Ukrainaning Donesk  viloyatida quladi.  Layner bortida bo`lgan barcha 298 kishi halok bo`lgan. Hozircha aybdor aniqlanmagan. 

Eslatib o`tamiz,  iyun oyidan Malaysia Airlines aviakompaniyasi mart oyida yo`qolgan Boeing 777 yo`lovchilari yaqinlariga ham 50 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli to`lashni boshlagan edi. 

    Boshqa yangiliklar