Ma`lumotlarga qaraganda, ingliz o`quvchilari tomonidan topilgan tilla taqinchoqning yoshi 4 ming yilga teng bo`lib, u eneolit davriga mansub. Ushbu noyob taqinchoq Angliyaning Nortamberlend grafligida olib borilgan arxeologik qazish ishlari davomida topilgan. Bu haqda ITAR TASS agentligi xabar berdi.
Uzunligi 33 mm bo`lgan tilla artefakt soch turmaklari uchun ishlatilgan, degan ehtimol ham mavjud. Arxeologik qazish ishlari davomida ushbu mamlakatda 10 ta taqinchoq topilgan. Xuddi shundan tilla taqinchoq 1935 yilda o`tkazilgan arxeologik qazish ishlari vaqtida ham topilgandi.
Taxminlarga ko`ra, bu buyumlar zamonaviy Buyuk Britaniya hududiga tilla va ko`mir axtarib kelgan odamlarga tegishli bo`lishi ham mumkin. Ushbu topilma ekspertizaga yuboriladi. Shundan so`ng, u Nyukasldagi Tabiat tarixi muzeyiga taqdim qilinadi.





