Toshkentning Chilonzor 19-dahasida 17-tramvay relslaridan chiqib, yo`l ustiga qayilib to`xtadi. Old g`ildiraklarining bir qismi uchib ketgan.
YTX oqibatida tramvay chiqib ketgan yo`ldagi qatnov bir soatga to`xtatilgan. Texnik yordam xizmati vakillari zudlik bilan etib kelishgan va muammoni bartaraf qilishgan. Ushbu yo`l transport xodisasi oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Aytish lozimki halokat sodir bo`lgan joy tramvayning oxirgi bekatiga juda yaqin.
uz24.uz nashrining xabar berishcha tramvay yo`lining aynan shu joyida haydovchilar tushunarsiz sabablarga ko`ra tezlikni oshirishadi. Bu esa halokatlar sonining oshishiga olib keladi.
Eslatib o`tamiz, o`tgan oyda tramvaylar bilan bog`liq ikkita YTX yuz bergan.





