FIFA rasmiy saytida Jahon chempionati chorak finalining qolgan ikkita o`yinini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma`lum qilindi. Unga ko`ra Gollandiya – Kosta-Rika terma jamoalari o`rtasidagi o`yin hamyurtimiz Ravshan Ermatovga ishonib topshirildi. Bu haqda Uff.uz sayti xabar bermoqda.
Bu Ravshan Ermatovning Jahon chempionatlaridagi jami 9-o`yini bo`ladi. Braziliyadagi mundialda esa Ermatov boshqaradigan 4-uchrashuv bo`ladi. Bungacha hamyurtimiz Shveysariya – Ekvador (2:1), Xorvatiya – Meksika (1:3), AQSh – Germaniya (0:1) uchrashuvlarida ishlagandi.
Argentina – Belgiya terma jamolari o`rtasidagi o`yinni esa 42 yoshli italiyalik hakam Nikola Rissoli boshqarib boradi.
Eslatib o`tamiz, 4 iyul kuni Fransiya-Germaniya uchrashuvi 21:00da, Braziliya-Kolumbiya uchrashuvi esa 01:00 da bo`lib o`tadi.
5 iyul kuni uchrashuvi Argentina-Belgiya 21:00da, Gollandiya-Kosta-Rika uchrashuvi 01:00 da start oladi.





