Kolumbiyalik xonanda Shakira Braziliyada bo`lib o`tayotgan jahon chempionati final uchrashuvi oldidan musobaqa yopilish marosimida qatnashadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Final uchrashuvi 13 iyul kuni Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida bo`lib o`tadi.
Uchinchi bor jahon chempionatida qatnashayotgan Shakira bu yili o`zining La la la (Brazil 2014) ko`shig`ini ijro etadi.
“Jahon chempionati ko`p insonlar uchun juda ham muhim voqeadir. Men ushbu musobaqaning yopilish marosimida qatnashishdan baxtiyorman va o`sha onlar tezroq kelishini intizorlik bilan kutayapman”,-dedi Shakira.
Eslatib o`tamiz, Jahon chempionati Braziliyaning 12 ta shaharida bo`lib o`tmoqda. G`olib jamoa 35 million, ikkinchi o`rin 25 million va uchinchi o`rinni qo`lga kiritgan terma jamoa 22 million AQSh dollari miqdorida mukofot puliga ega bo`ladi.





