JCh-2010da faoliyat olib borgan argentinalik hakam Ektor Baldassi bugungi Argentina - Shveysariya uchrashuviga aslida Ravshan Ermatov tayinlangani haqida aytib o`tdi, deya yozadi Championat.Asia.
"Argentina - Shveysariya o`yiniga dastlab Ravshan Ermatov tayinlangan edi. Biroq Argentina bunga qarshi chiqdi. FIFA bahsga shvesiyalik hakamni tayinladi. Juda kam uchraydigan holat! Shvesiyalik hakamning professionalligi va bilimlariga shubha qilmayman. Lekin Evropa jamoasi o`ynayotganida nima uchun evropalik hakamni tayinlashadi? Kimning yodida bo`lmasa Ermatov 2010 yilda Argentina - Germaniya uchrashuvini boshkargandi", - deb yozadi Baldassi o`z tvitterida.





