Qo`shiqchi Teylor Sviftning muxlisi honandaning Floridadagi uyiga o`g`rincha kirib, hammomdan foydalanib, uxlashga yotdi, deya yozmoqda Gazeta.ru nashri.
22 yoshli Rojera Alvarado Sviftning uyiga o`g`rincha kirgani uchun Florida polisiyasi tomonidan qo`lga olindi. Ushbu uyni Teylor bir necha oy oldin sotib olgani bilan u erda yashamayotgandi.
Ma`lum bo`lishicha, Teylor Sviftning muxlisi xonandaning uyiga o`g`rincha kirgan. Hammomga tushgan va karavotga yotib uxlab qolgan.







