AsosiyJamiyat

Samarqandda bir guruh nuroniy “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoniga munosib ko`rildi

'Samarqandda  bir guruh nuroniy “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoniga munosib ko`rildi'ning rasmi

Samarqand viloyati hokimligida bir guruh nuroniy va mehnat faxriylariga “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ta`sis etilgan mazkur nishon bilan iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta`lim, sog`liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarda ko`p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas`uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag`ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadi.

8.JPG

Bu yil ilk bor berilayotgan ushbu nishonga Samarqand viloyatidan 70 nafar faxriy munosib ko`rildi.


11-faqat saytga.JPG

– Ushbu nishon yurtimizda faxriylarga bo`lgan doimiy e`tibor va g`amxo`rlikning yana bir yorqin ifodasidir, – deydi O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, III darajali “Mehnat faxriysi” nishoni sohibi Xudoyberdi Komilov. – Prezidentimizning bu e`tibori biz faxriylarni vatanimiz taraqqiyoti yo`lida fidoyilik ko`rsatib, yoshlarga ibrat bo`lib yashashga, yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishga undaydi. Avvalo, o`z oilamiz, mahallamiz hayoti, turmush tarzi bilan boshqalarga ibrat bo`lib, jamiyatda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlash, yoshlarni turli yot g`oya va illatlardan asrash, navqiron avlodni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga butun kuch-g`ayratimizni bag`ishlaymiz.

    Boshqa yangiliklar