Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida farzandining qotili o`z joniga suiqasd qildi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi
"24 aprel kuni soat 15.30larda, “Olmazor” MFY F.R.ni uyida qizi A.B (ismi o`zgartirilgan) shu erda o`z joniga suiqasd qilib, 10 dona “Sinepar” tabletkalarini iste`mol qilib, ikkala qo`l bilak qismlarini pichoq bilan kesib jarohat etkazgan", - deyiladi xabarda.
So`ng 23 oktyabr 2017 yilda tug`ilgan farzandini bag`riga qattiq bosishi natijasida bolaga havo etishmay voqea joyida o`lgan. A.B kasalxonaga yotqizilgan.






