28 aprel kuni poytaxtda 30 metr uzunlikdagi lavash tayyorlanadi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.
Mazkur ko`rgazmali namoyish Toshkent shahridagi “Next” savdo markazi favvorasi yaqinida o`tkaziladi. Unda 60 nafar oshpaz ishtirok etadi.
Tashkilotchilarning aytishicha, ushbu ulkan lavash uchun 22 kilogramm go`sht, 10 kilogramm bodring va pomidor, qariyb 15 litr maxsus sous ishlatiladi.






