9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida O`zbekiston xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi faollari Romitan tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Karim ota Roziqov, Sattor ota Hayitov, Ahror ota Jalilov xonadonlarida bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
– Biz, keksalarga ko`rsatilayotgan e`tibor va g`amxo`rlikdan cheksiz minnatdormiz, – deydi Karim ota Roziqov. – Bu umrimizga umr qo`shmoqda. Bugungi farovon kunlarimiz uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo`lsin.








