Peruning Tanka shahrida daydi itlar to`dasi tug`ilganiga hali 6-8 soat bo`lgan, hatto kindigi ham tushmagan chaqqaloqqa tashlandi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Voqea guvohlari darhol tez yordam chaqirishgan, bola zudlik bilan kasalxonaga etkazilgan. Shifokorlar bolaning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilmoqda.
Mo``jiza ro`y beib, bola tirik qolgan, u ko`plab jarohat olgani ma`lum qilingan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Polisiya bolani onasi tashlab ketgan, deb taxmin qilmoqda.








