AsosiyJamiyat

“O`zikkilamchiranglimetall” hamda O`zbekiston Ekoharakati Memorandumi imzolandi

'“O`zikkilamchiranglimetall” hamda O`zbekiston Ekoharakati Memorandumi imzolandi 'ning rasmi

Atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni sog`lomlashtirish, tabiat manbalaridan oqilona foydalanish masalalarining dolzarbligini hisobga olib “O`zikkilamchiranglimetall” AJ hamda O`zbekiston Ekologik harakati o`rtasida o`zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Memorandum aholining ekologik madaniyatini oshirish, qattiq chiqindilardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish borasidagi harakatlarni birlashtirish maqsadida imzolandi.

5 yil muddatga imzolangan mazkur hujjat doirasida mazkur yo`nalishda tadbirlarni birgalikda o`tkazish ko`zda tutilgan.

Mazkur hamkorlik kelgusida ekologik madaniyatni yaxshilab, qattiq chiqindilardan foydalanishni boshqaribgina qolmay, yangi ish o`rinlari yaratilishiga ham zamin yaratadi.

    Boshqa yangiliklar