AsosiyJamiyat

Ogohlantiruvga qaramasdan, 45 mingga yaqin qoidabuzar aniqlandi

'Ogohlantiruvga qaramasdan, 45 mingga yaqin qoidabuzar aniqlandi'ning rasmi

Avvalroq, IIB YHXB Matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, M39 “Olmota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining 806-871 kilometri oralig`ida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o`rnatilishi haqida xabar bergan edik.

O`zA xabariga ko`ra, haydovchilarni ogohlantirishlariga qaramasdan, joriy yilning 16 fevralidan 24 apreliga qadar 44 800dan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi.

Shunga ko`ra, 15 mingdan ziyod haydovchidan belgilangan muddatda qonuniy tartibda jarima undirildi.

Viloyat Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o`z vaqtida jarimani to`lamagan haydovchilarga nisbatan maxsus tadbir o`tkazilishi to`g`risida internet tarmoqlari orqali ogohlantirilgan edi. Tadbirda 60 kun ichida jarimani to`lamagan qoidabuzar haydovchilarni avtomashinasi jarima maydoniga qo`yilishi nazarda tutilgan. Ushbu tadbirning ijrosini ta`minlash maqsadida reyd tashkil etilib, maxsus “AUTO CON” moslamasida aniqlangan 180 dan ortiq transport vositalari jarima maydoniga qo`yildi.

Eslatib o`tamiz, ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to`lamaslik, jarima to`lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo`yishga asos bo`ladi.

Unutmang yo`l-qoidasi umr foydasi!

    Boshqa yangiliklar