Toshkent shahar IIBBga avtomobillar va jamoat transportidan chiqindilarni uloqtirayotgan fuqarolarga nisbatan chora ko`rish haqida takliflar kelib tushishni boshladi.
Jarimaga birinchi bo`lib mashina oynasidan yo`lga chiqindi tashlagan "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi tortildi.
Haydovchi O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 123-moddasiga muvofiq, IIBBga yuborilgan surat orqali jarimaga tortildi.
Ma`lumot uchun:
123-modda. Transport vositalaridan chiqindi yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish.
Poezdlarning vagonlari, avtomobil va shahar elektr transportidan chiqindi yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish – eng kam ish haqining o`ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.






