O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi gidrometeorologiya markazining xabar berishicha 26 iyundan 1 iyulga qadar yurtimizda quyidagi havo harorati kuzatiladi.
Toshkent shahri
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22, kunduzi 39-41 daraja issiq bo`lishi kutiladi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 30 iyun-1 iyul kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kamayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29, 28-29 iyun kunlari kunduzi 38-43 daraja, 30 iyun-1iyul kunlari 31-36 darajagacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyun-1 iyul kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kamayishi mumkin. Harorat kechasi 25-30, 28-30 iyun kunlari kunduzi 39-44, 1 iyul kuni 34-39 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzah, Sardaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`i joylarda o`zgarib turadi,yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 1 iyulda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. harorat kechasi 20-25, 28-30 iyun kunlari kunduzi 36-41 daraja , 1 iyul kuni 33-38 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylardat o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 30 iyun-1 iyul kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kamayishi mumkin. harorat kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 1 iyulda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24, kunduzi 35-40 daraja bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlari
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 1iyulda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, 28-30 iyun kunlari kunduzi 27-32, 1 iyulda 22-27 daraja issiq bo`ladi.





