“Boko Xaram” terroristik guruhi jangarilari Nigeriya shimoliy-sharqidagi bir nechta qishloqlariga hujum uyushtirib, 90 nafarga yaqin kishini o`g`irlab ketishdi. Bu haqda “AP” nashri xabar bermoqda.
Agentlikning yozishicha, terrorchilar 60 nafarga yaqin ayol va qizlarni olib ketishgan, qolganlari esa o`g`il bolalar. Hujum vaqtida qochmoqchi bo`lgan 4 kishi halok bo`lgan.
2014 yilning aprel oyida “Boko Xaram” terroristik guruhi 270 nafar maktab o`quvchi qizlarini o`g`irlab ketishgan edi. Terroristik guruh etakchisi qizlarni qo`lga olingan barcha jangarilarga almashishni taklif qildi, biroq Nigeriya hukumati ushbu taklifni rad etdi.
Hozirga kelib 57 nafar o`quvchi uylariga qaytganlar, qolgan 219 nafar qiz jangarilar qo`lida qolmoqda.





