Kuni kecha Chorsu savdo markazidan A. Navoyi ko`chasi yo`nalishidagi yo`lda “Qorasuv-1” massividan “Chorsu savdo markazi” yo`nalishida qatnaydigan 89-avtobus yonib ketdi. Bu haqda uz24.uz xabar beradi.
Avtobus yo`lovchilari zudlik bilan evakuasiya qilindi va voqea joyiga o`t o`chirish xizmati etib keldi. Yong`in oqibatida hech kim jarohatlanmagan. Avtobusdagi yong`in nima sababdan paydo bo`lgani noma`lum.
Eslatib o`tamiz, mamlakatimiz yo`lovchilariga xizmat qilayotgan Mersedes Benz Connecto Low Floor rusumidagi avtobuslar ichida ushbu yong`in birinchisi emas.





