AsosiyJamiyat

Davlat organlariga telefon orqali murojaat qilish yanada osonlashdi

Endilikda O`zbekistonda “Call-center” Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (8-800-200-1818)ga yangi qisqa "1060" raqamlari qo`shildi.

www.infocom.uz saytining xabar berishcha, poytaxt va viloyatda yashovchi fuqarolar ushbu qisqa raqamlarga uy telefoni yoki uyali aloqa vositasidan ham qo`ng`iroq qilishlari mumkin.

Xizmat bepul, ammo qo`ng`iroq abonent amal qiladigan tarifga ko`ra chiqish qo`ng`irog`i sifatida narxlanadi.

Eslatib o`tamiz, fuqarolar "Call-center" yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga qo`ng`iroq qilib davlat organlariga o`z taklif va mulohazalari, arizalari bilan murojaat qilishlari mumkin. 

    Boshqa yangiliklar