AsosiyJamiyat

Yurtimizda havo harorati ko`tarilishi kutilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi gidrometeorologiya xizmat markazining xabar qilishicha, yurtimizda havo harorati 42 darajaga ko`tarilishi kutilmoqda.

18-21 iyun kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 37- 40, ba`zi joylarda 42 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida  havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 37- 42 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 33 - 38 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 37- 42 daraja issiq bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar