Har yili Fuqarolik aviasiyasi “Aeroport” assosasiyasi tomonidan “MDHdagi eng yaxshi aeroport” tanlovi o`tkaziladi. Bu yil ushbu tanlovda Samarqand aeroporti “Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo`shgan katta hissasi uchun” nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritdi, deya xabar beradi www.anons.uz sayti.
10 marotaba ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etayotgan “Samarqand” aeroporti boshqa nominasiyalar bo`yicha ham g`olib bo`lgan.
Bu gal u 100 mingdan 500 minggacha yo`lovchini tashiyotgan aeroportlar orasida 2013 yil natijalari bo`yicha eng yaxshi aeroport deb tan olindi.





